8 Oktyabr 2021 yil
397
Sherobod tumanida mirzacho'llik qidiruvdagi shaxs qo'lga olindi
Sherobod tumanida 2021 yil sentabr oyida, O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi va 168-moddasi 1-qismida ko'rsatilgan jinoyatni sodir etib, jinoiy javobgarlikdan qochib yurgan, tuman IIB huzuridagi tergov bo'limi tomonidan qidiruvda bo'lgan, ehtiyot chorasi sifatida "qamoq" qo'llanilgan Jizzax viloyati Mirzacho'l tumanida yashovchi, K.Parda 27 sentyabr kuni tuman IIB xodimlari tomonidan tuman hududida yurganligi aniqlanib ushlangan.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati