3 Yanvar 2023 yil 234

Sherobod tumanida ham Kuz-qish shtabi faoliyat yuritmoqda

Sherobod tumanida 2022-2023 yil kuz-qish mavsumi uchun tuzilgan shtabda ishlar qizg‘in davom etmoqda. Har bir mutasaddi tashkilotlar mutaxassislari o‘zlariga tegishli bo‘lgan yo‘nalishda fuqarolardan kelib tushayotgan murojaatlarni zudlik bilan o‘rganib, ijobiy hal etish choralarini ko‘rishmoqda.

Tuman ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i O‘.Shukurov rahbarligida  mutasaddilar Shtab a’zolarining ish faoliyatini o‘rganib chiqishdi. O‘rganish jarayonida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan mutaxassislarga tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berildi. Mazkur Shtab sutka davomida, ya’ni 24 soat faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.

Text to speech