22 Mart 2022 yil 379

Sherobod tumanida, 22 mart “Mahalla tizimi xodimlari" kuni munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi

"Qadriyatlar beshigisan mahallam” shiori ostida, Sherobod tumanida o‘tkazilgan navbatdagi tadbir mahalla xodimlariga bag‘ishlangan "22 mart Mahalla tizimi xodimlari" kuni munosabati bilan katta tadbir o‘tkazildi. Unda 48 ta mahalla fuqarolar yig‘ini raislari hamda o‘rinbosarlari qatnashdi.
Tadbirda tuman IIB boshlig‘i podpolkovnik O‘.R.Shukurov ham ishtirok etib, jamoatchilikda mahalla fuqarolar yig‘inining o‘rni alohida ekanligini ta’kidlab, mahallabay, fuqarobay va xonadonbay tizimini yo‘lga qo‘yishda profilaktika inspektorlari bilan hamkorlikda ishlarni tashkil etib, mahalla hududida birorta ham jinoyatga yo‘l qo‘ymagan mahalla fuqarolar yig‘ini raislari va o‘rinbosarlari, tuman IIB boshlig‘ining Faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati
Text to speech