Sherobod tumani 3-sektor rahbari O'tkir Shukurovning bir kunlik ish faoliyati bilan tanishildi.
Dastlab sektor shtabida fuqaro Xudayberdieva O'g'iloyni moddiy yordam so'rab qilgan murojaati tuman Xalq ta'limi bo'limi mudiri A.Hakimov bilan birgalikda hal qilindi. So'ngra "Xo'jaqiya-1" mahallasida yashovchi fuqaro 1-guruh nogironi Xudoynazarova Norxol holidan xabar olindi va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilaga moddiy yordam ko'rsatish bo'yicha mahalla faollariga topshiriq berildi. Mahallada yashovchi "ayollar daftari"ga kiritilgan Abdullaeva Ra'noga tibbiy muolaja uchun moddiy yordam mablag'ajratilib mahalla idorasining o'zida daftardan chiqarildi.
Tumandagi 100-saylov uchastkasida bo'lib saylovga tayyorgarlik ko'rish va o'tkazish ishlari ko'zdan kechirildi. Sektor rahbariga biriktirilgan tumandagi 60-sonli umumta'lim maktabi o'quvchilarining o'qish jarayonlari ham o'rganildi.