16 Iyun 2022 yil
572
Savdo do‘konidan olti million so‘m pul o‘margan ayol qo‘lga olindi
Denov tumanida 2022 yil 21 may kuni tumanning “Yangiobod” mahallasida yashovchi, tadbirkor D.Kamol (ism shariflar o‘zgartirilgan) tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, unda 20 may kuni tumanning “Lolazor” mahallasida joylashgan kiyim-kechak savdo do‘konida bo‘lgan 6.000.000 (olti million) so‘m pullarini noma’lum shaxs o‘g‘irlab ketganligini bildirgan. Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ko‘rilgan tezkor choralar natijasida, ushbu o‘g‘irlikni Sariosiyo tumani “S.Sheroziy” mahallasida yashovchi fuqaro N.Shaxzoda (ism-sharifi o‘zgartirilgan) sodir etganligi aniqlanib ushlangan va ashyoviy dalil olingan. Mazkur holat yuzasidan joriy yilning 24 may kuni N.Shaxzodaga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati
Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati