16 Sentyabr 2021 yil 453

Sariosiyoda qo'shmachining qing'ir ishi ortidan jinoyat ishi qo'zg'atildi

Sariosiyo tumanida 2021 yil 7 sentyabr kuni soat 20.00 larda, tuman IIB terrorizm va ekstremizmga qarshi kurash bo'limi xodimlari tomonidan o'tkazilgan tadbir davomida, tumanning "Еhtirom" mahallasida yashovchi, S.Imron yashash uyida 150.000 (bir yuz ellik ming) so'm pul evaziga shu tumanda yashovchi, B.Umid va Denov tumanida yashovchi, S.Sevinchlarga jinsiy aloqa qilishlari uchun sharoit yaratib berganligi aniqlanib ushlangan va ashyoviy dalillar bilan tegishli tartibda hujjatlashtirib olingan. 10 sentyabr kuni S.Imronga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 131-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech