19 Fevral 2022 yil
450
Sariosiyoda, qidiruvdagi firibgar qo'lga olindi
Sariosiyo tumanida 2020 yil dekabr oyida, O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismida, ko'rsatilgan jinoyatni sodir etib, jinoiy javobgarlikdan qochib yurgan, tuman IIB huzuridagi Tergov bo'linmasi tomonidan qidiruvda bo'lgan ehtiyot chorasi sifatida "qamoq" qo'llanilgan, Sariosiyo tumani "Buyuk kelajak" mahallasida yashovchi, N.Jamol (ism sharif o'zgartirilgan) 2022 yil 5 fevral kuni tuman IIB Huquqbuzarliklar profilaktikasi bo'limi xodimlari tomonidan tuman hududida yurganligi aniqlanib, ushlangan.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati