5 Yanvar 2022 yil
455
Sariosiyoda, Qidiruvdagi firibgar qo'lga olindi
Sariosiyo tumanida 2021 yil dekabr oyida, O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismida, ko'rsatilgan jinoyatni sodir etib, jinoiy javobgarlikdan qochib yurgan, Jinoyat ishlari bo'yicha tuman sudi tomonidan qidiruvda bo'lgan, ehtiyot chorasi sifatida "qamoq" qo'llanilgan, tumanning "Sharq yulduzi" mahallasida yashovchi, P.Parda (ism sharif o'zgartirilgan) 18 dekabr kuni tuman IIB xodimlari tomonidan tuman hududida yashirinib yurganligi aniqlanib ushlangan.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati