29 Sentyabr 2021 yil
407
Sariosiyoda ikki mahalladosh ayol janjallashishdi
Sarisoiyo tumanida 2021 yil 20 avgust kuni tumanning "Chilonzor" mahallasida yashovchi, S.Dilnura IIBga ariza bilan murojaat qilib, unda shu kuni mahallasi hududida joylashgan adirlikda, mahalladoshi, I.Dilorom o'zaro janjal sababli qo'li bilan duch kelgan joyiga urib, "o'rtacha og'irlikdagi" tan jarohati etkazganligini bildirgan. To'plangan hujjatlar yuzasidan tekshirish ishlari olib borilib, 19 sentyabr kuni I.Diloromga nisbatdan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 105-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati