28 Aprel 2025 yil
313
Sariosiyolik xorijdagi yoshlar bilan chat orqali jonli muloqot bo‘lib o‘tdi.
Bugun Sariosiyo tumani hokimi Abduqodir Donaev, tuman Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i G‘ayrat Xo‘jamqulov, tuman hokimining o‘rinbosarlari hamda xorijdagi yoshlar ishtirokida navbatdagi jonli muloqoti o‘tkazildi.
Jonli muloqoti davomida, xorijdagi yoshlar tomonidan yo‘llangan murojaatlar ro‘yxatga olinib, tegishli tartibda ijroga qaratildi. Murojaatlarni ijobiy hal etish bo‘yicha muddat belgilanib, mas’ullarga vazifalar yuklandi.