18 Aprel 2022 yil 417

Sariosiyoda o‘zini davlat organi xodimiman deb, firibgarlik qilib yurgan shaxs IIB xodimlari tomonidan qo‘lga olindi

Sariosiyo tumanida 2022 yil 31 mart kuni Boysun tumanida yashovchi, E.Eshonqul (ism shariflar o‘zgartirilgan) viloyat IIBga ariza bilan murojaat qilib, unda 2022 yil boshida, Jizzax viloyatida yashovchi, S.Asqar o‘zini “O‘zbekiston Respublikasi DXX xodimi”- deb tanishtirib, Toshkent shahridagi “Toshkent Siti” dahasida qurilayotgan ko‘p qavatli uylardan birini olib berishini aytib, 22 fevral kuni 700 (yetti yuz) AQSH dollar, 7 mart kuni avtomashina olib berishini aytib, 400 (to‘rt yuz) AQSH dollar pullarini olganligini, hozirgi kunga qadar ushbu pullarni qaytarib bermayotganligini bildiradi.
Mazkur ariza yuzasidan, Surxondaryo viloyati IIB Jinoyat qidiruv boshqarmasi Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, S.Asqar fuqaro E.Eshonquldan olib berishi kerak bo‘lgan uyni hujjatlarini tanishlari orqali rasmiylashtirib berishligini aytib, aldab 300 (uch yuz) AQSH dollari va 1.100.000 (bir million bir yuz ming) so‘m pullarni olgan vaqtida IIB xodimlari tomonidan ushlangan va ashyoviy dalillar olingan. 2 aprel kuni S.Asqarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati
Text to speech