19 Avgust 2022 yil 371

Sariosiyoda taqinchoqlar o‘g‘risi fosh etildi

Sariosiyo tumanida 2022 yil 8 avgust kuni tuman IIB huzuridagi Tergov guruhining xabariga ko‘ra, tumanning “Neloba” mahallasida yashovchi, B.Begoyim (ism shariflar o‘zgartirilgan) tuman IIBga bergan arizasida, 2021 yil avgust, sentabr oylarida yashash uyidan o‘ziga avvaldan tanish bo‘lgan, shu tumanda yashovchi, T.Sobir uning uyida vaqtincha yashab kelib, 150.000.000 (bir yuz ellik million) so‘mlik har xil tillo taqinchoqlarini o‘g‘irlab ketganligini bildirgan. Ichki ishlar organlari tomonidan olib borilgan surishtiruv ishlari davomida, ushbu o‘g‘irlikni T.Sobir sodir etganligi aniqlanib, ashyoviy dalillar olingan. 8 avgust kuni T.Sobirga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech