21 Oktyabr 2025 yil
324
Sariosiyo tumanida "Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i kubogi" musobaqasi o‘tkazildi
Sariosiyo tumanida 5–6-sinflarda tahsil oluvchi bolalar o‘rtasida “Viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i kubogi” uchun sport musobaqasi bo‘lib o‘tdi.
Ushbu tadbir
yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, jismoniy faollikni
oshirish hamda hamjihatlik va raqobatbardoshlik kabi fazilatlarni
shakllantirish maqsadida tashkil etildi.
Musobaqa yakunida g‘oliblarga sovg‘alar topshirildi.