Sariosiyo tumani IIBda “Intizom oyligi” doirasida Surxondaryo viloyati IIB tomonidan faxriylar kengashining hisobot-saylov yig‘ilishi hamda “Uch avlod” uchrashuvi o‘tkazildi.
O‘zbekiston Respublikasi
IIVning 2024 yil 10 may kunidagi tegishli farmoyishiga asosan, joriy yilning 1 iyun
kunidan 30 iyun kuniga qadar ichki ishlar organlarida “Intizom oyligi” deb e’lon
qilinganligi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Nuroniylarni har tomonlama
qo‘llab-quvvatlash, ularning turmush darajasini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar
to‘g‘risida”gi 2022 yil 15 mart kunidagi PQ-167-son Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida,
joriy yilning 11 iyun kuni, viloyat IIB rahbariyati, viloyat IIB Faxriylar kengashi,
Sariosiyo tumani IIB Faxriylari va tuman IIBda xizmat olib borayotgan xodimlar ishtirokida
Sariosiyo tumani IIB Faxriylar kengashining hisobot-saylov yig‘ilishi va “Uch avlod”
uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilish avvalida
boshqarma MMI va KBTX boshlig‘i o‘rinbosari Nurmatov Husan Pardaevich so‘zga chiqib,
bugungi kunda muhtaram Prezidentimiz, Ichki ishlar vazirligi hamda viloyat IIB tomonidan
Faxriylarga yaratilayotgan shart-sharoitlar haqida to‘xtalib, bugungi kunda Faxriy
xodimlar bilan ishlash tizimi yangi bosqichga ko‘tarilayotganligini alohida ta’kidlab,
ichki ishlar vaziri o‘rinbosari general-mayor D.A.Nazarmuhamedov tomonidan tizimda
xizmat olib borayotgan faxriy ustozlarga yo‘llagan ko‘rsatmasini o‘qib eshittirib,
yig‘ilishga ishtirok etgan faxriy ustozlarning muammo va takliflarini o‘rganib,
mas’ul rahbarlarga ushbu murojaatlarni ijobiy hal etish bo‘yicha vazifalar yuklash
bilan birga, xozirgi kunda IIOda “Intizom oyligi” deb e’lon qilinganligi munosabati
bilan, har bir xodim ushbu oylikda faol ishtirok etishlari, tuman IIBda xizmat olib
borayotgan xodimlarga xizmat intizomiga qat’iy amal qilishlarini haqida topshiriqlar
berdi.
Yig‘ilish davomida
Sariosiyo tumani IIB Faxriylar kengashi raisi lavozimiga nomzod ko‘rsatilib, yig‘ilish
qatnashchilari tomonidan Faxriylar kengashi raisi etib, iste’fodagi podpolkovnik
Salom Qosimov bir ovozdan ma’qullandi.
Shundan so‘ng,
Sariosiyo tumani IIB Faxriylar kengashi raisi iste’fodagi podpolkovnik Salom Qosimovning
joriy yilda faxriylar va yosh xodimlar yo‘nalishi bo‘yicha tashkil etilishi rejalashtirilgan
reja-grafigi tinglandi.
Shuningdek, ushbu
tadbir “Uch avlod” uchrashuviga ulanib ketdi.
Bunda keksa avlod
vakillari faxriy ustozlar so‘zga chiqishib, tuman IIBda xizmat olib borayotgan yosh
xodimlarga pand-nasihatlar berib, xizmat intizomiga qat’iy rioya etishlari, fuqarolar
bilan hushmuomala bo‘lishlari qolaversa har bir murojaatga mas’uliyat bilan yondoshib,
vaziyatni to‘g‘ri baholagan holda xizmat olib borishlari to‘g‘risida maslahatlar
berishdi.
Yig‘ilish so‘ngida, tuman IIBning bir qator faol faxriylariga
viloyat IIB boshlig‘ining Faxriy yorliqlari va esdalik sovg‘alari tantanali ravishda
topshirildi.