25 Yanvar 2025 yil 717

San’at saroyida “Hazon bo‘lgan umrlar" nomli spektakl namoyish etildi.

Joriy yilning 25 yanvar kuni Termiz shahridagi san’at saroyida Surxondaryo viloyati Musiqali drama teatri ijodkorlari tomonidan sahnalashtirilgan “Hazon bo‘lgan umrlar" nomli spektakl namoyish etildi.

Ushbu tashkil etilgan spektaklda Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi shaxsiy tarkibi ham ishtirok etishdi.

Spektakl davomida ijodkorlarning mohirona rol ijro etishlari ichki ishlar organlari xodimlarining e’tibori va olqishiga sazovor bo‘lish bilan birga xodimlar madaniy hordiq olishib, o‘zlarining ma’naviy dunyoqarashlarini boyitishdi.

Text to speech