8 Avgust 2022 yil 366

Sayyor qabulda sho‘rchilik fuqaroning 17 yillik orzuyi amalga oshdi

Sho‘rchi tumanida o‘tkazilgan sayyor qabul davomida Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari Iqboliddin Ketmonov tomonidan Yulduz Saidova hamda Umrzoq Mamaraimovga fuqarolik pasporti topshirildi.

— 1994 yil oilamiz bilan Tojikiston Respublikasidan Sho‘rchi tumanining “Qoraariq” mahallasiga ko‘chib kelganimizda 5 yoshda bo‘lganman — deydi Yulduz Saidova. —Fuqarolik pasportim bo‘lmaganligi sababli oliygohda tahsil olish niyatim ham o‘z vaqtida amalga oshmadi. Ammo pasport olishga bo‘lgan ishtiyoqim, orzularimni amalga oshirishdagi ishtiyoq menga tinchlik bermadi. Mana, nihoyat niyatim ro‘yobga chiqdi. O‘zbekistonning chinakam fuqarosiga aylandim. Endi barcha huquq hamda erkinliklardan to‘laqonli foydalana olaman. Fuqarolik maqomiga erishganim, orzularimning ro‘yobi uchun xizmat qiladi.

Yulduz Saidova quvonch ko‘zyoshlari ila fuqarolik pasportini qo‘liga olarkan, eshitilar-eshitilmas  "Qadrimni ifodalovchi baxtim, hayotim, ertangi kunim, faxru iftixorim” deya darrov ko‘ksiga bosdi.

Text to speech