27 Oktyabr 2022 yil 337

Sayyor qabul murojaatlar yechimi: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Denov tumanida fuqarolarning murojaatlarini o‘rgandi

Xalq bilan muloqot tizimini yanada takomillashtirish, aholi uchun dolzarb bo‘lgan muammolarni tezkor hal etish maqsadida vazirlik – idoralar, sektorlar, viloyat va tumanlardagi barcha darajadagi tashkilotlar rahbarlari tomonidan joylarda sayyor qabullar o‘tkazilish belgilangan.

Shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining 2022 yil 26 sentabr kunidagi topshirig‘i va Ichki ishlar vazirining 2022 yil 3 oktabrdagi tegishli Farmoyishi asosida, joriy yilning 27 oktabr kuni Surxondaryo viloyatining  Denov tumanida joylashgan Denov tadbirkorlik va pedagogiga instituti binosida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari polkovnik Ya.A.Abdulxakov hamda vazirlik tarkibiy tuzilmalari mas’ul xodimlari ishtirokida  sayyor qabul bo‘lib o‘tdi.

Qabul davomida turli masalalarda 50 ta murojaatlar qabul qilingan bo‘lib, ularning 43 tasi bevosita ichki ishlar organlari faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini qabul qilish va ID karta rasmiylashtirish, ichki ishlar organlariga xizmatga qayta tiklash, ichki ishlar organlaridan minnatdorchilik, tergovga qadar tekshiruv harakatlaridan norozilik, ichki ishlar organlari xizmatiga qabul qilish,  sodir etilayotgan huquqbuzarlik, svetafor va yo‘l belgilarini o‘rnatish, tergov va surishtiruv harakatlaridan norozilik, IIO xodimining hatti-xarakatidan noroziligi aks etgan murojaatlar qabul qilindi.

Shu bilan birga, qabulda hududdagi iqtisodiy va ijtimoiy muammolar hamda takliflarga oid murojaatlar ham qabul qilindi.

Murojaatlarning 12 tasi joyida ijobiy hal etilgan bo‘lsa, 7 tasi viloyat Xalq qabulxonasi orqali tegishliligi bo‘yicha ko‘rib chiqish uchun vakolatli davlat organlariga yuborildi, ko‘rib chiqish talab etilgan 24 ta murojaatlarning ijrosi nazoratga olindi. 7 nafar fuqaroning ichki ishlar organlaridan minnatdorchiligi aks etgan murojaatlar ma’lumot uchun qabul qilindi.

Sayyor qabullar davomida, O‘zbekiston Respublikasi IIV o‘rinbosari polkovnik Ya.A.Abdulxakov tomonidan 6 nafar fuqaroga shaxsini tasdiqlovchi ID kartalar hamda 6 nafar fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi to‘g‘risida tan olish hujjatlari rasmiylashtirilganligi munosabati bilan ID kartalar tantanali ravishda topshirildi.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech