18 Sentyabr 2024 yil 147

Respublika ishchi guruhining Surxondaryo viloyatidagi o‘rganishlari davom etmoqda.

Mas’ullar Termiz shahrida joylashgan  “Manguzar” YPX maskanda bo‘lishib, tungi xizmatga jalb etilgan IIO xodimlarining xizmat faoliyatini o‘rgandi. Xodimlarga xizmatni  me’yoriy buyruq talablari asosida olib borishlari bo‘yicha tushunchalar berildi.

Shu jumladan xodimlar uchun yaratilgan sharoitlar, ulardan foydalanish holatlari, xizmat avtomashinalari biriktirilgan xodimlarning tegishli hujjatlari, epikirovka va aloqa vositalarining holati ko‘zdan kechirildi.

Text to speech