17 Sentyabr 2024 yil
183
Respublika ishchi guruhining Surxondaryo viloyatidagi o‘rganishlari davom etmoqda.
IIV Jamoat xavfsizligi departamenti mas’ullari tomonidan viloyat IIB Jamoat
xavfsizligi xizmati Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi shaxsiy tarkibi bilan
ertalabki yo‘riqnomada saf ko‘rigi o‘tkazib, xodimlarga jamoat tartibini saqlash,
yo‘l-transport hodisalarining oldini olish va fuqarolarning manfaatlari, huquqlari,
moddiy boyliklarini himoya qilishda har bir xodim zimmasiga yuklatilgan vazifani
sadoqat bilan odilona bajarishi, harakat ishtirokchilari bilan xushmuomalada bo‘lishi,
qonuniylik hamda IIV buyruq talablaridan chetga chiqmagan holda xizmat olib borish
borasida yo‘riqnoma berildi.
Viloyat bo‘ylab o‘rganishlar davom etmoqda.