11 Dekabr 2024 yil 771

Sho‘rchi tumani IIB xodimlari va oila a’zolari ishtirokida xizmat intizomini mustahkamlashga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Joriy yilning 10 dekabr kuni Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari, Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati boshlig‘i podpolkovnik Sherzod Shadiev hamda IIV Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik Qudrat Samandarov ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.

Mazkur yig‘ilishda 2024 yilning 20 noyabr kunidan 30-dekabr kuniga qadar xizmat intizomi va qonuniylikni mustahkamlashga qaratilgan “Dolzarb qirq kunlik” profilaktik tadbirlari davomida mavjud kuch vositalardan oqilona foydalangan holda ichki ishlar organlarida “temir intizom”ni yo‘lga qo‘yish va qonuniylikni ta’minlash borasidagi natijalarni yaxshilash, ichki ishlar organlarida korrupsiyaga qarshi kurashish va korrupsiyaviy holatlarni barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini oshirish, ushbu jarayonga jamoatchilikni keng jalb etish hamda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatda bo‘lish muhitini shakllantirish, shaxsiy tarkibni kunlik xizmatga kelib ketishi, avtoreyd o‘tkazish, yashash sharoitlarini o‘rganib ijtimoiy himoyaga muxtoj xodimlarni aniqlash borasida qator ishlar amalga oshirilayotganligi yuzasidan ma’ruza qilindi.

Shundan so‘ng yig‘ilishda xodimlarning kasbiga bo‘lgan sadoqatini, mas’uliyatini oshirish maqsadida, joriy yilning ikkinchi yarmida viloyat IIB xodimlari ishtirokida sodir etilgan holatlar aks etgan “Hiyonat va halollik” nomli video rolik namoyish etilib, kelgusida xodimlar tomonidan sodir etilishi mumkin bo‘lgan qonunbuzilishlarni oldini olishga barcha birdek mas’ul ekanligi ta’kidlandi.

Shuningdek, yig‘ilish so‘ngida xizmat faoliyati davomida yuqori natijalarga erishib, xizmat faoliti davomida namuna ko‘rsatib kelayotgan xodimlarning ota-onalariga viloyat IIB boshlig‘ining tashakkurnomasi hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.

Text to speech