11 Avgust 2021 yil 1017

Rasmiy munosabat: "zo'ravon maktab direktori farzandlariga qo'shnisini do'pposlatdi" sarlavhasi ostidagi videomurojaat yuzasidan

Ijtimoiy tarmoqlarda "zo'ravon maktab direktori farzandlariga qo'shnisini do'pposlatdi" sarlavhasi ostidagi videomurojaat yuzasidan, Jarqo'rg'on tumani ichki ishlar bo'limi mas'ul xodimlari tomonidan o'rganish ishlari olib borilganida quyidagilar ma'lum bo'ldi.
Jarqo'rg'on tumanida 2021 yil 28 iyul kuni soat taxminan 11:30 larda "Qumqishloq" mahallasida yashovchi fuqarolar B.Suyun, o'zlari bilan bitta mahallada istiqomat qiluvchi qarindoshlari T.Beg'am, Q.Saparlar o'zaro tortishib qolib, janjal vaqtida bir-birlarini urib engil tan jarohati etkazishgan.
Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlarini olib borishlik jarayonida fuqarolar B.Suyun va T.Beg'amga nisbatan sudga oid tibbiy ekspektizalar tayinlangan.
Sodir bo'lgan janjalning kelib chiqish sababi o'rganilganida, fuqarolar T.Beg'am va q.Saparlar mahalla hududida joylashgan guzarda ichimlik suvini olish vaqtida qarindoshi B.Suyun kelib telefonida ularni kameraga olib turganligini, bu holatni ko'rib T.Beg'am "nimaga kameraga olayapsan?”- deb, turli xil so'zlar bilan uni haqorat qilib janjallashib ketganligi, 26-maktab derektori q.To'ylining bu janjalga umuman aloqasi hamda bo'lib o'tgan janjaldan xabari yo'qligi uning o'g'li T.Beg'am janjal qilganligi, hozirgi kunda T.Beg'am, B.Suyun, Q.Saparlar bir-birlari bilan o'zaro yarashib olganligi, bir-birlariga da'vosi yo'qligi to'g'risida tuman IIB boshlig'i nomiga ariza bilan murojaat qilganligi ma'lum bo'lgan.
Mazkur holat yuzasidan, Jarqo'rg'on tumani IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilib, kelgusida qonuniy qaror qabul qilinishi ta'minlanadi.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech