Rasmiy munosabat: "Termiz Davlat universiteti Fizika-matematika fakul'teti hovlisida talabalar ommaviy mushlashtganligi aytilmoqda" sarlavhasi ostidagi videolavha yuzasidan
Ijtimoiy tarmoqlarda "Termiz Davlat universiteti Fizika-matematika fakul'teti hovlisida talabalar ommaviy mushlashtganligi aytilmoqda" sarlavhasi ostidagi videolavha yuzasidan, Termiz shahar ichki ishlar bo'limi mas'ul xodimlari tomonidan o'rganish ishlari olib borilganida quyidagilar ma'lum bo'ldi.
Joriy yilning 9 dekabr kuni soat 12:49da Termiz shahar "O'zbekiston" mahallasida joylashgan Termiz Davlat universiteti Fizika va matematika fakulteti binosining kirish qismida, Termiz shahar "Majnuntol" mahallasida yashovchi shu fakultetning 3-kurs talabasi A.D. va Sherobod tumani "G'o'rin Gilambob" mahallasida yashovchi shu fakultetning 1-kurs talabasi X.A.lar bir-birlari bilan turtinib ketishi natijasida, o'rtalarida o'zaro janjal kelib chiqqan va ushbu talabalarni ajratish uchun ikkala tarafdan ham boshqa talabalar kelishib, janjallashayotgan talabalar ajratilgan.
Mazkur holat yuzasidan, Termiz Davlat universiteti ma'muriyati tomonidan ushbu talabalarga nisbatan qonuniy chora ko'rish uchun Termiz shahar IIBga xabar berilgan bo'lib, hozirda, Termiz shahar IIB Huquqbuzarliklar profilaktikasi bo'limi mas'ul xodimlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv olib borilayotganligi ma'lum qilinadi va kelgusida qonuniy qaror qabul qilinishi ta'minlanadi.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati