12 Iyul 2020 yil 1312

Rasmiy munosabat: ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan video tasvir yuzasidan.

2020 yil 20 aprel kuni Internet ijtimoiy tarmog'ining "Telegram" messendjeri orqali ommaga tarqalgan videolavhada bir nafar ichki ishlar organlari xodimi va bir nafar fuqarolik kiyimida bo'lgan fuqaro noma'lum xonadonga kirib borib, yalang'och holatda erkak va ayol jinsiy aloqada bo'layotganligi holati aks etgan video tasvir yuzasidan Surxondaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi mas'ul xodimlari tomonidan idoraviy tekshiruv o'tkazilgan.
Haqiqatdan joriy yilning 10 aprel kuni taxminan soat 10:30 lar chamasida, Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanidagi mahallalarning birida mahalla raisi, profilaktika inspektori, profilaktika inspektorining yordamchisi hamda mahalla kotiblariga, shu mahallada yashovchi fuqarolar tomonidan shu mahallada yashovchi bir fuqaroning yashash xovlisiga notanish ayol va bola kirishganligi haqida telefon orqali murojaat qilishgan.
Fuqarolarning chaqiruvi sababli, aytilgan manzilga borilganida xonadagi yotoq divan ustidagi ko'rpani tortib ochgan vaqtda, bir nafar erkak va ayol yalang'och holatda yotganini ko'rib, mazkur holatni mahalla kotibi va profilaktika inspektorining yordamchisi tomonidan qo'l telefoniga video tasvirga olishgan.
Mazkur holat yuzasidan surishtiruv o'tkazilganida, video tasvirdagi ayol o'zining ko'rsatmasida yigit bilan birga bo'lganligi evaziga 86.000 (sakson olti ming) so'm olganligini bildirgan. To'plangan xujjatlar yuzasidan profilaktika inspektori tomonidan 2020 yilning 13 aprel kuni jinoyat ishi qo'zg'atishdan rad etib, to'plangan xujjatlarni ma'muriy tartibda chora ko'rishlik uchun sudga yuborish to'g'risida qaror qabul qilingan.
Video tasvirdagi ayolga nisbatan O'zbekiston Respublikasi ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi Kodeksning 190-moddasi 1-qismiga asosan ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, 2020 yilning 14 aprel kuni uzun tuman ma'muriy sudi tomonidan aybli deb topilgan hamda bazaviy hisoblash miqdorining 3 (uch) baravari, ya'ni 669.000 (olti yuz oltmish to'qqiz ming) so'm miqdorida jarima jazosi tayinlangan.
Xizmat tekshiruvi davomida, Internet ijtimoiy tarmog'ining "Telegram" messendjeri orqali ommaga tarqalgan erkak va ayolning yalang'och holatdagi video tasvirni mahalla kotibi tomonidan video tasvirga olinganligi hamda "Telegram" messendjeri orqali mahalla raisi va boshqa yana bir ayolga tarqatganligi aniqlangan.
2020 yilning 10 aprel kuni erkak va engil tabiatli ayolning jinsiy aloqada bo'lib turganligi holatini o'zining qo'l telefoniga video tasvirga olib, Internet ijtimoiy tarmog'ining "Telegram" messendjeri orqali mahalla raisi, kotibi va qo'pol munosabatda bo'lgan xodimning hatti harakatlariga huquqiy baho berish uchun to'plangan hujjatlar Sariosiyo tuman prokuraturasiga yuborilgan.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech