RASMIY MUNOSABAT: Ijtimoiy tarmoqlarda "3 noyabr kuni Sho'rchi tumanidagi sport maktabi direktori...,
Ijtimoiy tarmoqlarda "3 noyabr kuni Sho'rchi tumanidagi sport maktabi direktori..., ikki bezorilar tomonidan qattiq kaltaklangan edi, ertasi kuni esa, maktab direktorining shogirdlari ustozi uchun qasos olgan, ular ustozini kaltaklaganlar ustidan samosud qilishgan, janjal yuzasidan tuman IIB ish ochgan va bostirib borgan yigitlarni hibsga olgan, kafeda samosud uyushtirganlar ustidan sud ishi olib borilmoqda."sarlavhasi ostida tarqalgan video yuzasidan.
Ushbu holatga aniqlik kiritilganida, fuqaro E.Sh. 2020 yil 04 noyabr kuni tahminan soat 16:30 larda Sho'rchi tumani "Xayrobod" mahallasida yashovchi tanishlari fuqarolar A.J., P.O., Q.A., X.S., A.A. va X.A., tumanning "Bunyodkor" mahallasida yashovchi u.J., tumanning "Jarqishloq" mahallasida yashovchi A.A., tumanning "Zarbdor" mahallasida yashovchi M.I., tumanning "Navro'z" mahallasida yashovchi D.B. va B.N., tumanning "Do'stlik" mahallasida yashovchi Sh.A. lar bilan o'zaro jinoiy til biriktirib, bir guruh bo'lishib, jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan, jamoat joyi hisoblangan tumanning "Bobur" mahallasida joylashgan "Asilbek" nomli oshxonaning ikkinchi qavatida ovqatlanib o'tirgan, shu mahallada yashovchi A.J., tumanning "Bobotog'" mahallasida yashovchi A.X. hamda N.R. larning oldiga borishib, o'qituvchisiga nisbatan qilingan g'ayriijtimoiy xatti-harakatlari uchun javob qaytarish maqsadida, qo'llarida bo'lgan kishining sog'lig'i uchun amalda shikast etkazishi mumkin bo'lgan buyumlar bilan J.A. ni ura boshlashgan. Shu vaqtda, J.A. bilan birga ovqatlanib o'tirgan R.N. va X.A. lar ularni ajratmoqchi bo'lishganida, R.N. va X.A. larni ham qasddan urishib, tan jarohati etkazishganligi ma'lum bo'lgan.
Tuman sud tibbiy ekspertizasining 2020 yil 05 noyabr kunidagi dastlabki xulosalarida fuqaro J.A. ning olgan tan jaroxatlari og'irlik darajasi bo'yicha "engil tan jaroxati" ekanligi, fuqaro X.A. ning olgan tan jaroxatlari og'irlik darajasi bo'yicha "sog'lig'ining buzilishiga sababchi bo'lgan engil tan jaroxatlari" ekanligi ko'rsatilgan.
Janjal oshxonaga o'rnatilgan videokuzatuv kamerasiga tushganligi sababli, tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida ushbu videokuzatuv kamerasi xotirasidagi janjal tasvirlari holislar ishtirokida rasmiylashtirilib olingan.
Mazkur holat yuzasidan fuqarolar A.J., P.O., Q.A., X.S., A.A., X.A., U.J., A.A., M.I., D.B., B.N. va Sh.A. larga nisbatan O'zbekiston Respublikasi JKning 277-moddasi 3-qismi "g" bandi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.
2020 yil 07 noyabr kuni Jinoyat ishlari bo'yicha Sho'rchi tuman sudi tomonidan aybalanuvchilar J.A., O.P., A.Q., A.X., J.U., A.Sh., A.A., S.X., B.D. va Sh.E. larga nisbatan "qamoqqa olish" ehtiyot chorasi qo'llanilgan.
Shu kuni qamoqqa olingan ayblanuvchilarning ota-onalari Jinoyat ishlari bo'yicha Sho'rchi tuman sudi binosi hovlisiga farzandlarini ko'rish uchun borishgan vaqtda, ayblanuvchilarni tuman IIB hodimlari maxsus avtomashina bilan olib ketayotgan vaqtga to'g'ri kelgan va ayblanuvchi A.A. ning onasi o'g'lini IIB hodimlari olib ketishayotganligidan norozi bo'lib, "tuman IIB boshlig'i ishlamaydi, har kuni urish, janjal, odamlar o'layapti" deb baland ovozda gapirgan.
Hozirgi vaqtda jinoyat ishi yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati