3 Dekabr 2020 yil 523

Qumqo'rg'onda ilk quyonchilik kompleksi ish boshladi

Qumqo'rg'on tumani 3-sektor hududiga qarashli, "Sheroziy" mahallasida quyonchilikka ixtisoslashtirilgan "Toyloq barakali quyonlari" quyonchilik kompleksi o'z faoliyatini boshladi.
3 sektor rahbari tuman IIB boshlig'i O'.Shukurov tadbirkorlik faoliyati bilan shug'ullanishni maqsad qilgan Jamshid To'raxonovga tadbirkorlik qilish yo'nalishida huquqiy maslahatlar berilganidan keyin Jamshid To'raxonov quyonchilik sohasini rivojlantirish maqsadida tuman hokimiga qilgan murojaati qo'llab-quvvatlandi. Mazkur loyiha uchun 5 gektar er maydoni ajratildi.
Tumanimizda birinchi bo'lib faoliyat boshlagan quyonchilik kompleksining ochilish tadbirida tuman hokimi R. Gapparov, tuman prokurori Sh.Akramov, tuman IIB boshlig'i O'. Shukurovlar ishtirok etishdi.
Tuman mahalliy bozorini arzon go'sht mahsulotlari bilan ta'minlash maqsadida hozirda 500 bosh ona quyon parvarishlanayotgan bo'lsa, ushbu xo'jalikda quyonlarning sonini 10 000 taga etkazish rejalashtirilgan.
Loyihaning umumiy qiymati 1 milliard 500 million so'mni tashkil etib, shundan 1 milliard so'm Mikrokreditbank tomonidan kredit mablag'lari ajratilgan, qolgan qismi esa tadbirkorning o'z hisobidan amalga oshirilgan.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech