12 Iyul 2021 yil
525
Qumqo'rg'on tumanining 3 sektorida yosh tadbirkorning istagi qo'llab quvvatlandi.
Qumqo'rg'on tumani "Oqtom" mahallasida istiqomat qiluvchi Dilshod Rabiev "yoshlar daftari"ga kiritilgan. Parrandachilik bilan shug'ullanib, o'z tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagini bildirgan D.Rabievning tashabbusi 3 - sektor rahbari, tuman IIB boshlig'i N.Narzullaev tomonidan qo'llab-quvvatlandi.
Mazkur xonadonga 1000 ta jo'ja ochib chiqaradigan inkubator o'rnatib berildi. Hozirgi kunda yosh tadbirkor inkubatordan samarali foydalanib, daromad olishni boshladi. Qumqo'rg'on tuman IIB boshlig'i, 3 sektor rahbari N.Narzullaev ushbu xonadonda bo'lib, ish jarayonlari bilan yaqindan tanishib, biznesini yanada rivojlantirishi uchun o'zining taklif va tavsiyalarini berib o'tdi.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati