30 Iyun 2021 yil
560
Qo'shmachining qilmishi fosh etildi
Termiz shahrida 2021 yilning 21 may kuni soat 23.50 larda, tuman IIB terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish guruhi xodimlari tomonidan shaharning "Do'stlik" mahallasida o'tkazilgan tadbir davomida, shaharning "Do'stlik" mahallasida yashovchi, o.Nigora yashash uyida, 400.000 (to'rt yuz ming) so'm pul evaziga Termiz shahrida yashovchi B.Shahnoza va Termiz tumanida yashovchi, Sh.Alisherlarga jinsiy aloqa qilishlari uchun sharoit yaratib berganligi aniqlanib ushlangan va undan ashyoviy dalil olingan. 27 may kuni o.Nigoraga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 131-moddasi 4-qismi "a" bandi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati