30 Noyabr 2021 yil 254

Qiziriq tumanida, maxsus profilaktik tadbir davomida pirotexnika vositasi hamda o'tkir tig'li vosita aniqlandi

2021 yil 28 noyabr kuni soat 15-00 larda Qiziriq tumani IIB jamoat tartibini saqlash guruhi xodimi tomonidan "Pirotexnika-2021" va "Tig'" tadbirlari davomida kunduzgi xizmat olib borish vaqtida tumanning "Oqjar" mahallasi xududida joylashgan "Istara dexqon" bozorida shubxali xatti-harakatlar sodir etgan tumanning "Xomkon" mahallasida yashovchi J.Shokirning (ism shariflar o'zgartirilgan) sumkasi tekshirilganida sumkasidan jami 29 paket jami 1.740 dona "Treniya X201" nomli pirotexnika vositasi borligi va 1 bir dona o'tkir tig'li "okoro" nomli pichoq chopqi borligi aniqlanib, ushbu fuqaro tuman IIB binosiga olib kelinib profilaktika inspektori bilan hamkorlikda tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, pirotexnika vositalari dalolatnoma asosida olinib, fuqaro J.Shokirga nisbatan tegishli tartibda ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech