15 Noyabr 2021 yil
413
Qidiruvdagi xorazmlik shaxs Termiz shahrida qo'lga olindi
Termiz shahrida 2021 yil sentabr oyida, O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 171-moddasi 3-qismida ko'rsatilgan jinoyatni sodir etib, jinoiy javobgarlikdan qochib yurgan, Transportda XTB huzuridagi tergov bo'limi tomonidan qidiruvda bo'lgan, ehtiyot chorasi sifatida "qamoq" qo'llanilgan, Xorazm viloyatida yashovchi, O.Jonibek 29 oktabr kuni transportda XTB Jinoyat qidiruv bo'limi xodimlari tomonidan Termiz shahar hududida yurganligi aniqlanib ushlangan.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati