3 Yanvar 2022 yil 439

Qidiruvdagi uzunlik shaxs qo'lga olindi

Denov tumanida 2021 yil iyul oyida, O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismida ko'rsatilgan jinoyatni sodir etib, jinoiy javobgarlikdan qochib yurgan, Toshkent shahar Mirobod tumani IIB huzuridagi Tergov bo'limi tomonidan qidiruvda bo'lgan, ehtiyot chorasi sifatida "qamoq" qo'llanilgan, Uzun tumani "Toltug'ay" mahallasida yashovchi, L.Latif (ism sharif o'zgartirilgan) 13 dekabr kuni viloyat IIB terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari tomonidan tuman hududida yurganligi aniqlanib ushlangan.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech