Qidiruvdagi shaxs ushlandi
Qiziriq tumani IIB tomonidan qidiruvda bo'lgan denovlik o.Q.ga nisbatan jinoiy xatti-harakat sodir etgani uchun O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi "b" bandida ko'rsatilgan jinoyatni qasddan sodir etganlikda ayblanib, tuman IIB huzuridagi tergov guruhi tomonidan jinoyat ishi qo'zg'atilgandi. Biroq, O.Q. tergovga kelmasdan o'zining yashash joyini o'zgartirib, qochishni ma'qul ko'rdi. Shundan so'ng, unga nisbatan tuman IIB JQB tomonidan qidiruv e'lon qilingandi.
Olib borilgan tezkor surishtiruvlar jarayonida o.Q. viloyat IIB xavfsiz turizmni ta'minlash boshqarmasi tezkor bo'linma xodimlari va viloyat IIB tezkor-qidiruv hamkorligi xodimlari tomonidan Toshkent shaxar Sergeli tumani hududida yurganligi aniqlanib, ushlandi. Buzoqning yugurgani somonxonagacha bo'lganidek, o.Q.ning ham qochib yurishi ko'pga bormadi.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati