18 Iyul 2021 yil 478

Qidiruvdagi shaxs profilaktika inspektori tomonidan qo'lga olindi

Qiziriq tumanida 2021 yil mart oyida, O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismida, ko'rsatilgan jinoyatni sodir etib, jinoiy javobgarlikdan qochib yurgan, Jinoyat ishlari bo'yicha Toshkent shahar Mirobod tuman sudi tomonidan qidiruvda bo'lgan, ehtiyot chorasi sifatida "qamoq" qo'llanilgan, tumanning "Yakkaterak" mahallasida yashovchi, M.Sherali 3 iyul kuni tuman IIB huquqbuzarliklar profilaktikasi bo'limi profilaktika inspektori tomonidan tuman hududida yashirinib yurganligi aniqlanib ushlangan.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech