15 Iyun 2021 yil 538

Qidiruvdagi firibgar qo'lga olindi

Jarqo'rg'on tumanida 2021 yilning 1 aprel kuni O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi "b" bandida ko'rsatilgan (firibgarlik) jinoyatni sodir etib, jinoiy javobgarlikdan qochib yurgan, tuman IIB huzuridagi tergov bo'limi tomonidan qidiruvda bo'lgan ehtiyot chorasi "kamoq" qo'llanilgan, Farg'ona viloyati Buvayda tumanida yashovchi, N.Rasul 22 may kuni tuman hududida yashirinib yurganligi aniqlanib, ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan qo'lga olingan.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech