30 Iyun 2020 yil
673
Qidiruvdagi firibgar qo'lga olindi
Denov tumanida 2019 yil avgust oyida, O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismida ko'rsatilgan (firibgarlik) jinoyatini sodir etib, jinoiy javobgarlikdan qochib yurgan, tuman ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi huzuridagi tergov bo'limi tomonidan qidiruvda bo'lgan ehtiyot chorasi "qamoq" qo'llanilgan Sho'rchi tumanida yashovchi S.D. 26 iyun kuni Toshkent shahri Olmazor tumani hududida yurganligi aniqlanib, O'zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirligi Jinoyat qidiruv bosh boshqarmasi xodimlari tomonidan qo'lga olingan.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati