16 Oktyabr 2021 yil
426
Qidiruvdagi bezori Muzrabotda qo'lga olindi
Muzrabot tumanida 2021 yil iyun oyida, O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi "a" bandida ko'rsatilgan jinoyatni sodir etib, jinoiy javobgarlikdan qochib yurgan, Jinoyat ishlari bo'yicha tuman sudi tomonidan qidiruvda bo'lgan, ehtiyot chorasi sifatida "qamoq" qo'llanilgan, tumanning "Mehnatobod" mahallasida yashovchi, J.Xasan 6 oktabr kuni tuman IIB xodimlari tomonidan tuman hududida yurganligi aniqlanib ushlangan.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati