28 Iyun 2022 yil
399
Qidiruvda bo‘lgan firibgar Termiz shahrida qo‘lga olindi
Termiz shahrida 2021 yil may oyida, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etib, jinoiy javobgarlikdan qochib yurgan, Toshkent viloyati Nurafshon shahar sudi tomonidan qidiruvda bo‘lgan, ehtiyot chorasi sifatida “qamoq” qo‘llanilgan, shaharning “Bog‘ishamol” mahallasida yashovchi, X.Doniyor (ism shariflar o‘zgartirilgan) 12 iyun kuni Termiz Transportda Xavfsizligini ta’minlash boshqarmasi xodimari tomonidan Termiz shahrida yurganligi aniqlanib, ushlangan.
Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati