9 Noyabr 2021 yil 407

Qidiruvda bo'lgan sariosiyolik firibgar Toshkent shahrida qo'lga olindi

Sariosiyo tumanida 2021 yil oktabr oyida, O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismida ko'rsatilgan jinoyatni sodir etib, jinoiy javobgarlikdan qochib yurgan, Jinoyat ishlari bo'yicha Denov tuman sudi tomonidan qidiruvda bo'lgan, ehtiyot chorasi sifatida "qamoq" qo'llanilgan, tumanning "Sharifobod" mahallasida yashovchi, B.Doston 21 oktabr kuni Toshkent shahrida xizmat safarida bo'lgan viloyat IIB Jinoyat qidiruv boshqarmasi va tuman IIB Jinoyat qidiruv bo'limi xodimlari tomonidan Toshkent shahar hududida yurganligi aniqlanib ushlangan.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech