23 Iyul 2021 yil
460
Qidiruvda bo'lgan firibgar qo'lga olindi
Boysun tumanida 2020 yil noyabr oyida, O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismida (firibgarlik), ko'rsatilgan jinoyatni sodir etib, jinoiy javobgarlikdan qochib yurgan, tuman IIB huzuridagi tergov bo'limi tomonidan qidiruvda bo'lgan, ehtiyot chorasi sifatida "qamoq" qo'llanilgan, tumanning "Obi" mahallasida yashovchi, q.Jalol 2021 yil 16 iyul kuni Toshkent shahrida xizmat safarida bo'lgan viloyat IIB Jinoyat qidiruv boshqarmasi, Termiz shahar hamda Denov tumani IIB xodimlari tomonidan, Toshkent shahrida yurganligi aniqlanib ushlangan. Q.Jalol sodir qilgan jinoyatiga jazo muqarrarligi ta'minlanishi uchun tergov bo'limiga topshirilgan.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati