“Probatsiya oyligi” doirasida Probatsiya guruhi xodimlari uchun o‘quv-seminar mashg‘uloti o‘tkazildi.
O‘zbekiston Respublikasi
Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Probatsiya xizmati boshlig‘ining
tegishli ko‘rsatmasiga asosan 2024 yil 27 iyul kuni Surxondaryo viloyati IIB Jamoat
xavfsizligi xizmati Probatsiya bo‘limi boshlig‘i podpolkonik Sh.N.Musurmanov boshchiligida
viloyat Surxondaryo viloyati IIB JXX Probatsiya bo‘limida shahar-tuman IIB Jamoat
xavfsizligi xizmati Probatsiya guruhlari xodimlari bilan ZOOM platformasi orqali
onlayin o‘quv-seminar mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi.
O‘quv-seminar mashg‘ulotida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining
2017 yil 27 iyuldagi “Muayyan huquqdan mahrum qilish, axloq tuzatish ishlari va
ozodlikni cheklash tariqasidagi jazolarning ijrosini tashkil etish hamda shartli
hukm qilingan shaxslar ustidan nazoratni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomani
tasdiqlash haqida”gi tegishli buyrug‘iga asosan tushunchalar berildi.
O‘quv-seminar mashg‘uloti
davomida ushbu buyruqning aynan muayyan huquqdan mahrum qilish tariqasidagi jazo
turi va uni ijro etishda nimalarga e’tibor qaratish lozimligi hamda probatsiya xizmati
xodimining majburiyatlari haqida tushunchalar berib o‘tildi.
Shuningdek, o‘quv-seminar ishtirokchilariga “Probatsiya
oyligi” davomida barcha yo‘nalishdagi ishlarni jonlantirish yuzasidan tegishli topshiriqlar
berildi.