1 Avgust 2024 yil 475

“Probatsiya oyligi” doirasida, viloyat IIB Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi xodimlari tomonidan profilaktik tadbirlar olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri o‘rinbosari general-mayor B.T.Abdullaevning 2024 yil 23 iyul kunidagi tegishli farmoyishiga asosan 2024 yil 23 iyul kunidan 23 avgust kuniga qadar respublikamiz hududida o‘tkazilayotgan “Probatsiya oyligi” tadbiri doirasida, viloyat IIB Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi xodimlari tomonidan Termiz shahar IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Probatsiya guruhi hisobida jazo muddatini o‘tayotgan Yoshlar va nazorat ostidagi shaxslar bilan uchrashuvlar o‘tkazilib, qayta jinoyat va huquqbuzarlik sodir etmasliklari hamda sud tomonidan yuklatilgan majburiyatlarga to‘liq amal qilishlari yuzasidan profilaktik suhbatlar olib borilmoqda.

Text to speech