Probatsiya guruhi xodimlari uchun galdagi o‘quv-seminar mashg‘uloti o‘tkazildi.
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoat
xavfsizligi departamenti Probatsiya xizmati boshlig‘ining tegishli ko‘rsatmasiga
asosan 2024 yil 11 may kuni Surxondaryo viloyati IIB Jamoat xavfsizligi xizmati
Probatsiya bo‘limi boshlig‘i podpolkonik Sh.Musurmonov boshchiligida viloyat IIB
Jamoat xavfsizligi xizmati Probatsiya bo‘limi Axborot texlogiyalari guruhi katta
inspektori Mamatqobilov Erali Alisher o‘g‘li ishtirokida Surxondaryo viloyati IIB
JXX Probatsiya bo‘limida shahar-tuman IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Probatsiya
guruhlari xodimlari bilan ZOOM platformasi orqali onlayin o‘quv-seminar mashg‘uloti
bo‘lib o‘tdi.
O‘quv-seminar
mashg‘ulotida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 21 fevraldagi “«O‘zbekiston
— 2030» strategiyasini «Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili»da amalga oshirishga
oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi PF-37-son Farmoni Amaliy tadbirlar rejasining Ozodlikdan mahrum etish bilan bog‘liq bo‘lmagan
jazolarni o‘tayotgan probatsiya nazoratidagi shaxslar bilan ishlash tizimini to‘liq
elektron shaklga o‘tkazish bo‘yicha topshirig‘i mazmun mohiyati yetkazilib, «Ye-probasiya»
elektron axborot tizimida ishlash tartibi to‘g‘risida tushunchalar berildi.
Shuningdek, o‘quv-seminar ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirgan
savollariga mutaxassis tomonidan javoblar olishdi.