Probatsiya guruhi xodimlari uchun o‘quv-seminar mashg‘uloti o‘tkazildi.
O‘zbekiston Respublikasi
Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Probatsiya xizmati boshlig‘ining
tegishli ko‘rsatmasiga asosan 2024 yil 29 iyun kuni Surxondaryo viloyati IIB Jamoat
xavfsizligi xizmati Probatsiya bo‘limi muhim topshiriqlar bo‘yicha inspektori podpolkonik
A.Ashurov boshchiligida viloyat Surxondaryo viloyati IIB Jamoat xavfsizligi xizmati
Probatsiya bo‘limida shahar-tuman IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Probatsiya guruhlari
xodimlari bilan ZOOM platformasi orqali onlayin o‘quv-seminar mashg‘uloti bo‘lib
o‘tdi.
O‘quv-seminar mashg‘ulotida “O‘zbekiston Respublikasi jamoat xavfsizligi
konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi
O‘zbekiston Rsepublikasi Prezidentining 2021 yil 29 noyabr kunidagi 27-son Farmonigaga asosan tushunchalar berildi.
O‘quv-seminar mashg‘uloti davomida, ushbu Farmonning probatsiya inspektorlarining
faoliyati hududiy profilaktika inspektorlari bilan kunlik uzluksiz hamkorlikda tashkil
etilishi, probatsiya inspektorlari zimmasiga profilaktik hisob va ma’muriy nazoratdagilarning
shaxsini o‘rganish va ularni ijtimoiy moslashtirish ishlarida profilaktika inspektorlariga
amaliy-uslubiy ko‘maklashish bo‘yicha qo‘shimcha vazifalar yuklanganligi, probatsiya
nazoratidagi shaxslarga o‘rnatiladigan cheklovlar doirasini, cheklovlarga rioya
etishni ta’minlash va nazorat qilishning mexanizmlarini aniq belgilash, probatsiya
nazoratidagi shaxslarga nisbatan yuritiladigan hujjatlarni to‘liq elektron shaklga
o‘tkazish, ularga nisbatan rag‘batlantirish va intizomiy jazo choralarini qo‘llash
tartibi va asoslarini belgilash, probatsiya nazoratidagi shaxslarga ijtimoiy-psixologik
yordam berish hamda kasb-hunar o‘rganish va ishga joylashishda ko‘maklashish tadbirlarini,
mutasaddi organlarning vazifalarini aniq belgilagan holda, yakka tartibdagi ijtimoiy
moslashtirish dasturi asosida amalga oshirish, probatsiya nazoratidagi shaxslar
ijtimoiy-psixologik portretining yagona shaklini, ularni toifalarga ajratish mezonlarini,
yangi jinoyat sodir etishning oldini olish tartibini belgilash kabi ustovor vazifalar
yuklanganligi haqida tushunchalar berib o‘tildi.
Shuningdek, o‘quv-seminar ishtirokchilari o‘zlarini
qiziqtirgan savollariga mutaxassis tomonidan javoblar olishdi.