22 Mart 2021 yil
579
O'zgalarni mensimaslik oqibati...
Qumqo'rg'on tumanida 2021 yilning 14 fevral kuni taxminan soat 12.00 lar chamasida, tumanning "Boymoqli" mahallasida yashovchi B.A. mahallasi hududida joylashgan dehqon bozori hududida, jamiyatda yurish turish qoidalarini mensimasdan, odamlarni bepisand qilishi natijasida Jarqo'rg'on tumani "M.Bobur" mahallasida yashovchi, E.I. bilan janjallashib qolib, uni qo'li bilan yuz sohasiga urib, "o'rtacha og'irlikda"gi shikastlar etkazgan. Natijada, 15 mart kuni B.A.ga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi "a" bandi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati