30 Oktyabr 2021 yil
393
O'zaro tortishuv janjal bilan yakunlandi
Qumqo'rg'on tumanida 2021 yil 5 oktabr kuni soat 08.00 larda, shu tumanda yashovchi, O.Sanjarni (ism shariflar o'zgartirilgan) mahallasi hududida joylashgan ish joyida, K.Olim o'zaro janjal sababli qo'li bilan yuziga urib, o'rtacha og'irlikdagi tan jarohati yetkazgan. 13 oktabr kuni K.Olimga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 105-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati