1 Fevral 2022 yil
484
O'ylamay bosilgan qadam
Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi va 211-moddasi 2-qismida ko'rsatilgan jinoyatni sodir etgan Denov tumani "fayzli" mahalasida yashovchi M.M. jinoiy javobgarlikdan qochishga urinadi. Unga nisbatan tuman IIB TB tomonidan qidiruv e'lon qilinadi.
Ammo uning Toshkent shahar Chilonzor tumani hududida yashirinib yurganligidan xabar topgan O'zbekiston Respublikasi IIV TQHB 1-sonli IIB JQB xodimi M.M.ni qo'lga oldi. Endi javobgarlikdan qocholmaydigan bo'ldi.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati