28 Oktyabr 2025 yil
691
“Ogʻusiz hayot sari”
Termiz davlat pedagogika institutida Oktabr—“Sogʻlom turmush tarzi oyligi” doirasida institut talaba-yoshlari ishtirokida “Ogʻusiz hayot sari” mavzusida profilaktik uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuvda institut profilaktika inspektori hamda maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha dekan oʻrinbosari ishtirok etib, yoshlar orasida giyohvand moddalar va psixotrop dorilarning zararli oqibatlari, ularning inson salomatligi hamda jamiyat hayotiga salbiy taʼsiri haqida batafsil maʼlumot berdilar.