27 Noyabr 2021 yil 519

Ota-o'z o'g'liga achchiq ustida, pichoq otdi, natijada...

Sho'rchi tumanida 2021 yil 5 noyabr kuni soat 21:00 larda, shu tumanda yashovchi, A.Alisher (ism shariflar o'zgartirilgan) yashash uyida, o'g'li, maktab o'quvchisi, V.Valisher bilan o'zaro tortishib, janjallashib qolganligi sababli qo'lidagi osh pichog'ini otib yuborishi oqibatida V.Valisherning chap biqin qorin bo'shlig'iga kirib, tan jarohati yetkazgan. 6 noyabr kuni A.Alisherga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 2-qismi "l" bandi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech