Osiyo O‘yinlari g‘olibi bo‘lgan Surxondaryolik sportchilar tantanali kutib olindi
Bugun Termiz shahrida Xitoy davlatida
o‘tkazilgan "Xanchjou-2022" Osiyo o‘yinlarida oltin medalni qo‘lga kiritgan
surxondaryolik sportchilarni tantanali kutib olish va taqdirlash marosimi bo‘lib
o‘tdi.
Davlat va jamoat tashkilotlari vakillari,
talaba-yoshlar va yosh sportchilar ishtirok etgan tadbirda Surxondaryo viloyati
hokimi Ulug‘bek Qosimov chempionlikni qo‘lga kiritgan, bokschimiz Bahodir Jalolov,
kurashchilarimiz Muhsin Hisomiddinov va Muzaffarbek To‘raboevlarga zarbop to‘n kiydirib,
tadbirkorlar sovg‘a qilgan xonadonlar kalitlarini
tantanali topshirdi.
Sportchilarimizning ota-onalari va yaqinlari
so‘zga chiqib, Prezidentimizning yosh avlod kamoloti va sportga qaratayotgan e’tibori,
ularning Vatanimiz shuhratini nufuzli musobaqalarda keng tarannum etishga yaratayotgan
sharoitlar uchun o‘z minnatdorchiliklarini bildirdi.
Tartanali tadbir ishtirokchilari vohaning
mard o‘g‘lonlari bilan esdalik uchun suratlarga tushdi. Gullar tuhfa qilindi.