8 Aprel 2022 yil
383
Qonuniy jazodan bo‘yin tovlagan firibgar Toshkent shahrida qo‘lga olindi
Sho‘rchi tumanida 2021 yil oktabr oyida, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismida, ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etib jinoiy javobgarlikdan qochib yurgan, tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan qidiruvda bo‘lgan, ehtiyot chorasi sifatida “qamoq” qo‘llanilgan, Sho‘rchi tumanida yashovchi, J.Kamol (ism shariflar o‘zgartirilgan) 24 mart kuni Toshkent shahrida xizmat safarida bo‘lgan viloyat IIB Jinoyat qidiruv boshqarmasi xodimlari tomonidan, Toshkent shahri hududida yashirinib yurgani aniqlanib ushlangan.
Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati
Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati