17 Fevral 2022 yil
405
Oltinsoyda, uydan o'g'irlangan telefon topildi
Oltinsoy tumanida 2022 yil 2 fevral kuni shu tumanda yashovchi, I.Salima (ism shariflar o'zgartirilgan) tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, unda 1 fevral kuni yashash uyida o'ziga tegishli bo'lgan 2.900.000 (ikki million to'qqiz million) so'mlik 1 dona "RedMI-Not 9" rusumli telefon apparatini noma'lum shaxslar o'g'irlab ketganligini ma'lum qilgan. Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ko'rilgan choralar natijasida, ushbu o'g'irlikni ushbu tumanda istiqomat qiluvchi R.Zamira sodir etganligi aniqlanib, ushlangan va ashyoviy dalil olingan. 5 fevral kuni R.Zamiraga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi "g" bandi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati